1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Gruziya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qoldirdi

G‘arb davlatlari Gruziyaga bosim o‘tkazganlikda ayblangan.

AQSH Gruziya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qoldirdi

Qo‘shma Shtatlar va Gruziya harbiylari ishtirokidagi Noble Partner mashqlari 25 iyuldan 6 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo hozir nomaʼlum muddatga qoldirilgan. Vashington buni Gruziya hukumatining AQSH va boshqa G‘arb tuzilmalariga nisbatan ayblovlari bilan izohladi.

 

Avvalroq Tbilisi G‘arb davlatlarini Gruziyaga bosim o‘tkazganlikda, shuningdek, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi va mamlakat hukumatiga qarshi ikki marta davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashganlikda ayblagan edi.

 

Shu bilan birga, AQSH Mudofaa vazirligi Gruziya mudofaa kuchlari bilan hamkorlikni davom ettirishga vaʼda berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика