AQSH Davlat departamenti bu qarorni hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi tomonidan Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish tashabbusi bildirilgani, shuningdek, Tbilisidagi namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari amalga oshirilganidan keyin qabul qilgan.
"Gruziya hukumatining Yevroittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish haqidagi qarori mamlakat konstitutsiyasiga xiyonatdir. Biz o‘zlarining norozilik bildirish huquqidan foydalangan gruzin xalqiga haddan tashqari kuch ishlatishni qoralaymiz va Gruziya bilan strategik hamkorligimizni to‘xtatamiz", — deb yozdi AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller X platformasida.


