1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh harbiylarini Yevropadan olib chiqishni rejalashtirmoqda

Pentagon Polsha va Ruminiyadagi kuchlarni qisqartirishi mumkin.

AQSh harbiylarini Yevropadan olib chiqishni rejalashtirmoqda

 

Xabarlarga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) 2022-yilda Ukraina bilan chegaradosh davlatlarni mudofaa jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuborilgan amerikalik harbiylarning bir qismini ortga chaqirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha davrda Polsha va Ruminiyaga 20 mingga yaqin AQSh harbiy xizmatchilari joylashtirilgan edi. Hozirda bu kuchlarning taxminan yarmi chaqirib olinishi ehtimoli muhokamada.

 

Yevropalik ayrim rasmiylar esa bu ehtimoliy qaror bo‘yicha xavotirlanmoqda. Ularning fikricha, AQSh kuchlarining qisqarishi Yevropadagi ittifoqchilarni Rossiyaning tobora kuchayib borayotgan harbiy bosimi qarshisida yolg‘iz qoldirishi mumkin.

 

Mazkur holat yuzasidan Pentagon NBC News jurnalistlarining izoh so‘roviga hozircha javob bermagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика