AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi harbiy operatsiya va uning yetakchisi Nikolas Maduroning hibsga olinishi fonida Kolumbiya uchun shunga o‘xshash ssenariyni istisno qilmasligini bildirdi. Tramp Kolumbiyani “juda kasal” va “kasal odam tomonidan boshqariladigan” mamlakat deb atadi hamda uning Qo‘shma Shtatlarga kokain yetkazib berishda ayblanganini ta’kidladi. Bu haqda RBC xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShning maqsadi atrofdagi neftni erkin qazib olish mumkin bo‘lgan barqaror va muvaffaqiyatli mamlakatlarga ega bo‘lishdir. U Kolumbiyaga qarshi operatsiya ehtimolini “yaxshi eshitiladi” deb ta’rifladi.
AQShning ayblovlariga javoban Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro mamlakat ichki ishlariga aralashishga harakat bo‘lsa, unga munosib javob berishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tish lozim, 3-yanvar kuni AQSh Venesuelaga qarshi operatsiya o‘tkazib, prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olib, Qo‘shma Shtatlarga sud uchun olib kelgan. Davlat kotibi Marko Rubio bu harakatni “Venesuelaga qarshi urush emas, balki giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash” deb ta’kidladi.


