1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH KXDR va Xitoyga vaksina yetkazib berishni taklif qildi – Bayden

12-may kuni Shimoliy Koreyada koronavirus holatlari rasman aniqlangan edi.

AQSH KXDR va Xitoyga vaksina yetkazib berishni taklif qildi – Bayden

 

AQSH Shimoliy Koreyaga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishni taklif qildi. Bu haqda Jozef Bayden Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bilan muzokara yakunlari yuzasidan tashkil qilingan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

 

“Biz Shimoliy Koreyaga, shuningdek, Xitoyga vaksina taklif qildik”, – degan u. Shu bilan birga AQSH prezidenti aynan qaysi kompaniya vaksinalarini yetkazib berish haqida maʼlumot bermagan.

 

12-may kuni KXDRda koronavirus holatlari aniqlangani to‘g‘risida rasman xabar berildi. Shundan keyin mamlakatda lokdaun joriy etildi. Hozirga qadar mamlakatda 2.46 million kasallanish holatlari aniqlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика