1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Meksika va Yevropaga nisbatan boj siyosatini keskinlashtirmoqda

Trampning aytishicha, Meksika narkokartellarga qarshi sust harakat qilayotgani, Yevropa esa AQSh bilan savdoda nomutanosiblikka yo‘l qo‘yayotgani uchun bojlar oshirilmoqda.

AQSh Meksika va Yevropaga nisbatan boj siyosatini keskinlashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi va Meksikadan olib kiriladigan mahsulotlarga boj stavkalari 30 foizgacha oshirilishini e’lon qildi. U bu haqda Meksika prezidenti Klaudia Sheynbaum va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga yo‘llagan maktublarini o‘zining Truth Social tarmog‘ida e’lon qildi deydi washingtonpost.com nashri.

 

Trampning aytishicha, Meksikadan import qilinadigan mahsulotlar uchun bojlarning oshirilishiga bu mamlakatning narkokartellarga qarshi yetarli chora ko‘rmayotgani sabab bo‘lgan.

 

Yevropa mahsulotlariga nisbatan boj stavkalarining oshirilishi esa AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo nomutanosibligiga qarshi choralar doirasida amalga oshirilayotgani bildirilgan.

 

Tramp bu rejani ilk bor 2-aprel kuni e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, AQShning asosiy savdo hamkorlariga Vashington bilan muzokaralar olib borish uchun 90 kunlik muddat berilgan. Faqat ayrim davlatlar, jumladan Buyuk Britaniya bu muddat ichida AQSh bilan kelishuvga erisha oldi.

 

Shunga qaramay, Tramp 1-avgustni kutmasdan ayrim mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlar uchun boj stavkalarini oshirish choralarini boshlab yuborgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика