
Bu haqda Pentagon xabar qilmoqda.
“Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Koreya Respublikasi mudofaa vaziri So Uk bilan AQSH va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi buzilmas ittifoqni tasdiqlash va ikki davlat o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning ahamiyatini taʼkidlash uchun telefon orqali suhbatlashdi... Ikkala taraf ham qo‘shma mudofaa siyosatining ahamiyatini tasdiqladi”, - dedi Pentagon axborot kotibi Jon Kirbi.
Ular shuningdek, Koreya yarimorolida xavfsizlik masalasini ham muhokama qilishdi.
“Lloyd Ostin Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi bilan ham telefon orqali suhbatlashdi. U AQSH va Yaponiya ittifoqini Amerika qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, erkin va ochiq Hind-Tinch okeani hududini saqlashda buning ahamiyatini qayd etdi”, - deyiladi Pentagon xabarida.
Sharofat Mahmudova


