1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSH qo‘mondoni Maykl Kurilla O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston mudofaa vaziri AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni bilan uchrashdi.

AQSH qo‘mondoni Maykl Kurilla O‘zbekistonga keldi

 

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurillani qabul qildi.

 

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Maykl Kurillani O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarning mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi, deyiladi rasmiy xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика