Vashington Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etsa, bir necha oydan so‘ng shaxsiy zahiralar tugaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
AQSH mudofaa vazirining xaridlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Ellen Lord bu mamlakat xavfsizligi uchun katta tahdid ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlar Stinger zenit-raketa tizimlarining to‘rtdan bir qismini sarflab bo‘lgan.
O‘z navbatida “Ixtisoslashgan xizmatlar bo‘yicha kengash” prezidenti Devid Berto Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlaganidan buyon Vashington o‘z qurol zahiralarining uchdan birini tayyor holatga keltirgan, ammo ularning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi shartnomalar tuzilmagan.
Avvalroq Germaniya ham harbiy omborlarida qurollar tugayotganini maʼlum qilgandi.


