
Hisobotda virusning kelib chiqishi borasida aniq xulosaga kelinmagan. Shunday bo‘lsa-da, juda ko‘p maʼlumotlar to‘plangan. Maxsus xizmatlar hisobotni bir necha kun ichida keng ommaga taqdim etishi kerak.
AQSH razvedkasi “Covid-19” Uxan laboratoriyasidan chiqib ketgan degan fikrda. Bundan avval Vashington Uxan laboratoriyasida o‘rganilgan minglab viruslar bo‘yicha maʼlumotlar qo‘lga kiritilgani haqida xabar qilingan edi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSHning bu harakatlariga norozilik bildirdi. Vazirlik rasmiy vakili Van Venbin Vashingtonni virus kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga chaqirdi. Amaldorning fikricha “Maxsus xizmatlarning “Covid-19” kelib chiqishini aniqlashi ilm-fanga ziddir”.
Jahongir Qo‘ziyev


