1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH senatori: Amerikada benzindan ko‘ra, kokain sotib olish oson

Qo‘shma Shtatlarda yonilg‘i narxi qimmatlashishda davom etmoqda.

AQSH senatori: Amerikada benzindan ko‘ra, kokain sotib olish oson

 

AQSHda benzin sotib olishdan ko‘ra, kokain sotib olish va qochish osonroq. Bu haqda Luiziana shtatidan senator Jon Kennedi FoxNews efirida aytib o‘tdi.

 

Kennedi shu tariqa benzinning baland narxlariga munosabat bildirdi. U bu jarayonda Jozef Baydenni ayblagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Luiziana shtati AQSH neftni qayta ishlash sanoatining markazi hisoblanadi. Bu yerda butun Amerika bo‘ylab eng arzon neft mahsulotlari sotilgan.

 

Hozirgi kunda esa bir gallon benzin (3.785 litr) 4.495 dollarni tashkil etmoqda.

 

Avvalroq Neft narxi 2008 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика