1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH shtatlaridan birida davlat xizmatchilarining TikTok‘dan foydalanishi taqiqlandi

Bunga nima sabab bo‘lgani  ochiqlandi.

AQSH shtatlaridan birida davlat xizmatchilarining TikTok‘dan foydalanishi taqiqlandi

 

AQSHning Janubiy Dakota shtati gubernatori Kristi Noem mahalliy amaldorlarga TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqladi. Gubernatorning fikricha, tarmoq orqali kuzatuv amalga oshirilishi va maʼlumotlar XXR hukumatiga berilishi xavfi bor.

 

“Janubiy Dakota bizdan nafratlanadigan davlatlariga razvedka maʼlumotlari to‘plash bilan shug‘ullanmaydi. Xitoy kommunistik partiyasi TikTok orqali Amerika xalqini manipulyatsiya qilish maqsadida maʼlumot to‘plash bilan shug‘ullanadi va ular platformaga ulangan qurilmalarning maʼlumotini to‘playdi”, – degan u.

 

Ushbu qaror darhol kuchga kiradi. Davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqni yuklab olishi taqiqlanadi. Shuningdek, shtat hukumati taqdim etgan qurilmalar orqali TikTok saytiga kirish ham mumkin emas.

 

Noem boshqa shtatlar ham Janubiy Dakota ortidan borishiga umid bildirgan.

 

Bundan avval Jozef Bayden administratsiyasi TikTok bilan platformaning Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligiga daxldor masalalar bo‘yicha faoliyati yuzasidan kelishuvni ishlab chiqqandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика