1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

AQSh uchinchi mamlakat orqali Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berishi mumkin

Qo'shma shtatlar va Yevropa rasmiylari bunday yuklar Daniya yoki Niderlandiya orqali yetkazib berilishi mumkinligiga ishonishadi.

AQSh uchinchi mamlakat orqali Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berishi mumkin

 

AQSh Prezidenti Jo Baydenning rad etishi Oq uy ma'muriyatining keyinchalik Ukrainaga F-16 samolyotlarini berish yoki boshqa mamlakatlarga Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 samolyotlarini reeksport qilish imkonini beruvchi kelishuvni ishlab chiqishga to'sqinlik qilmaydi

 

"The New York Times" gazetasining yozishicha, AQSh va Yevropa rasmiylari bunday yuklar Daniya yoki Niderlandiya orqali yetkazib berilishi mumkinligiga ishonishadi.

 

31-yanvar kuni Ukraina Prezidentining bosh maslahatchisi Andrey Yermak “F-16 qiruvchi samolyotlarini olish bo‘yicha ishlar davom etayotganini” aytdi va Ukraina “Polshadan ijobiy belgilarni ko‘rmoqda, hukumat ularni NATO bilan kelishilgan holda topshirishga tayyor."

 

Shuningdek, avvalroq Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Vopke Xekstran tegishli so‘rov kelib tushgan taqdirda hukumat Kiyevning F-16 samolyotlari bo‘yicha so‘rovini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgandi.

 

NYT’ning qayd etishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yuborilishiga yo‘q demoqda. Biroq rasmiylar bu “yo‘q” vaqtinchalik bo‘lsa kerak, deb aytishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика