Pentagon Ukrainaga dengiz orqali harbiy qurol va o‘q-dorilar yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Rossiya Ukrainada harbiy operatsiya boshlaganida Qo‘shma Shtatlar qurollarni havo yo‘llari orqali yetkazib bergan. Keyinchalik bahorda artilleriya va og‘ir qurollarni dengiz yo‘lidan jo‘natishni boshladi. Chunki bu tarzda o‘q-dorilar yuborish osonroq.
Rasmiylar qurol yetkazib beriluvchi aniq yo‘nalishlarni ochiqlamagan. O‘q-dorilarning bir qismi Ukrainaga, ikkinchi qismi esa AQSHning Yevropa mamlakatlaridagi zaxiralarini to‘ldirish uchun yuboriladi.
Ayni paytgacha Pentagon Ukrainaga 1,4 mingdan Stringer zenit-raketalari, 8,5 mingta Javelin tankka qarshi vositalar va 700 ta Switchblade usuvchisiz apparatlarini yetkazib bergan.


