1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

AQSHning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa byudjeti loyihasida lend-liz haqida hech qanday gap yo‘q.

AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

Bu haqida Ukrainaning AQSHdagi elchisi Oksana Markarova Facebook tarmog‘ida yozdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu band Senat qonun loyihasida bor edi. Biroq Vakillar palatasi tomonidan maʼqullangan qonun loyihasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator muhim qoidalar mavjud bo‘lsa-da, kelgusi yilda Ukraina uchun lend-liz muddatini uzaytirish bo‘yicha band mavjud emas.

 

Elchining taʼkidlashicha, ukrainalik diplomatlar “Stand with Ukraine Act” qonunida nazarda tutilgan ushbu mexanizmni saqlab qolish ustida ishlamoqda.

 

AQSH kongressmenlari tomonidan ovoz berilgan 2025 yilgi AQSH mudofaa byudjeti 895 milliard dollarni tashkil etdi. Senat hujjatni kelasi hafta ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng uni AQSH prezidenti Jo Bayden imzolashi kerak.

 

Bayden 2022 yilning 9 may kunida Ukraina uchun lend-liz ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика