1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH va Yevropa favqulodda sammit o’tkazishi mumkin

Bu Tramp va Zelenskiy tortishuvi bilan bog’liq.

AQSH va Yevropa favqulodda sammit o’tkazishi mumkin

 

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni AQSh va Yevropa davlatlari o‘rtasida shoshilinch sammit o‘tkazish taklifini ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv G‘arb davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish va kelajakdagi muammolarni muhokama qilish uchun zarur.

 

Meloni ushbu bayonotni Oq uyda Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida yuz bergan kelishmovchilik ortidan bergan.

 

"Biz yillar davomida himoya qilib kelayotgan Ukrainadan tortib, bugungi kunning boshqa dolzarb masalalarigacha – biz qanday yechim topishimiz va kelajakda duch keladigan qiyinchiliklarni qanday yengishimiz haqida ochiq suhbat o‘tkazishimiz kerak. G‘arbda bo‘linish kuchaysa, bu bizni zaiflashtiradi va bizning inqirozga yuz tutishimizni istaganlarga foyda keltiradi", – dedi Meloni.

 

Italiya bosh vazirining bu chaqirig‘i Yevropa va AQShning global masalalarda hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика