AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri uch turdan beri saylana olmayapti. Ovoz berish keyingi kunga qoldirildi.
Spiker saylovi so‘nggi yuz yildan buyon ilk marta bir tur bilan cheklanib qolmadi. Hozirda bu lavozimga uch nomzod daʼvo qilmoqda: respublikachilardan Kevin Makkarti va Endryu Biggs, demokratlardan Hakim Jeffris. Makkarti birinchi turda 218 tadan 203 ta, Jeffris esa 212 ovoz oldi.
Oxirgi marta spiker birinchi turda 1923 yilda saylanmagandi. O‘shanda vakildar palatasi 9 tur saylov o‘tkazgan.
Shu kunga qadar palataga spikerlik qilib kelayotgan Nensi Pelosi lavozimga qayta saylanishdan bosh tortdi.


