Rossiya va Xitoy dollarga muqobil valyuta topishga qiynaladi. Bu haqda AQSH moliya vaziri Jannet Yellen maʼlum qildi.
"Albatta, men dollar dunyo valyutasi bo‘lib qolishini istayman. Rossiya va Xitoyda boshqa tizim yaratish istagi bor, bu dollardan foydalanmaslikni nazarda tutadi‘, — degan vazir.
Shu bilan birga bu qiyin vazifa ekani aytilgan. Yellenning taxmin qilishicha, dollar hali uzoq vaqt zaxira valyuta bo‘lib qoladi.
Shu haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuv paytida Moskva boshqa davlatlar bilan yuanda savdo qilishga qarshi emasligini aytgandi.


