1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“AQSh Venesuelani boshqaradi” — Tramp

Tramp Ikkinchi jahon urushidan buyon bunday miqyosdagi muvaffaqiyatli operatsiya bo‘lmaganini aytdi.

“AQSh Venesuelani boshqaradi” — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish maqsadida o‘tkazilgan maxsus harbiy operatsiya yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Sky News xabariga ko‘ra, Tramp operatsiyani “misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat” deb atab, AQSh qurolli kuchlari Karakasda to‘liq nazoratni qo‘lga olganini ma’lum qildi.


Trampning so‘zlariga ko‘ra, Nikolas Maduro tongga yaqin qo‘lga olingan. “Biz Maduroni zulmatda qo‘lga oldik. Karakasda elektr ta’minoti o‘chirilgan edi. U va uning rafiqasi Amerika adolati bilan yuzlashadi”, dedi AQSh prezidenti. Uning ta’kidlashicha, operatsiya oldindan puxta rejalashtirilgan va deyarli xatosiz amalga oshirilgan.


Tramp ushbu harbiy amaliyotni “Yarim tun bolg‘asi” deb atab, Ikkinchi jahon urushidan buyon bunday miqyosdagi muvaffaqiyatli operatsiya bo‘lmaganini aytdi. “Hokimiyat xavfsiz, munosib va oqilona tarzda yangi rahbariyatga topshirilgunga qadar AQSh Venesuelani boshqaradi”, deya keskin bayonot berdi u.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика