1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Xitoyda koronavirusni o‘rganishga 3 million dollar ajratgan

AQSH Xitoydagi koronavirus tadqiqotlarini moliyalashtirgani gumon qilinmoqda. Bu haqda Intercept nashri xabar bergan.

AQSH Xitoyda koronavirusni o‘rganishga 3 million dollar ajratgan

 

 

“Intercept”ga 900 sahifali material kelib tushgan. Unda AQSHning Xitoyda virusologik tadqiqotlarni moliyalashtirgani to‘g‘risida maʼlumotlar bor. Unga ko‘ra, Milliy salomatlik instiuti tizimidan 2014-2019 yillarda grantlar ajratilgan.

 

“Ushbu loyihada hayvonlarda koronaviruslarning rivojlanish omillari va ularni  inson  organizmiga kirib kelishini o‘rganish maqsad qilingan” , - deyiladi xabarda. Grant olgan tashkilotlar orasida Uxan virusologiya instituti ham bo‘lgan. Unga umumiy hisobda 3 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan.

 

Ushbu maʼlumot eʼlon qilinganidan so‘ng AQSHning COVID-19 paydo bo‘lishini moliyalashtirgani haqidagi shubha va gumonlar yana-da kuchaydi.

 

Bundan avval aqsh maxsus xizmatlari koronavirus butun dunyoga Uxan laboratoriyasidan tarqab ketganini maʼlum qilgan. Keyinchalik Jozef Baydenga shu mazmunda hisobot ham taqdim etilgan. Lekin unda maxsus xizmatlar kasallik kelib chiqishi bo‘yicha aniq xulosaga kela olmagani, COVID-19 biologik qurol sifatida yaratilmagani maʼlum qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика