1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH yanvarda Ukrainaga zamonaviy qurollar yetkazib beradi

Ular orasida “aqlli bombalar”ni yaratish uchun zarur tizimlar ham bor.

AQSH yanvarda Ukrainaga zamonaviy qurollar yetkazib beradi

 

AQSH yanvarda Kiyevga o‘ta yirik harbiy yordam paketini berishi mumkin. Bu haqda Politico xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimlari va JDAM (Joint Direct Attack Munition) komplekslari joy olishi mumkin. JDAM orqali oddiy aviatsion bombalarni boshqariladigan bombaga aylantirish mumkin.

 

Bundan tashqari, Pentagon AQSHning Germaniyadagi harbiy bazasida Ukraina askarlarini tayyorlashni kengaytiradi.

 

AQSH mudofaa vazirligi rasmiy vakili Patrik Rayder Vashington oyiga 500 ukrainalik askarni qayta tayyorlashni rejalashtirayotganini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика