1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Zelenskiydan 27-noyabrgacha tinchlik rejasini imzolashini talab qilmoqda

2025-yil dekabriga qadar barcha bosqichlar yakunlanishi rejalashtirilgan.

AQSh Zelenskiydan 27-noyabrgacha tinchlik rejasini imzolashini talab qilmoqda

 

Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan 27-noyabr, payshanba kuniga qadar Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi tinchlik rejasini imzolashini kutmoqda. Bu haqda 20-noyabr kuni Financial Times Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Nashrning ma’lum qilishicha, Amerika rasmiylari Zelenskiy kelishuvni Shukrona kunidan oldin imzolashini kutmoqda. Imzolangan hujjatlar Rossiya tomoniga taqdim etiladi va 2025-yil dekabriga qadar kelishuvning barcha bosqichlarini yakunlash rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, gazeta manbalarining ta’kidlashicha, kelishuv belgilangan muddatda imzolanishi dargumon, chunki Kiyev rejaning ayrim bandlari bilan mutlaqo rozi emas.

 

Avvalroq ma’lum qilinishicha, Vashington Moskva bilan Ukraina mojarosini hal qilishning 28 banddan iborat va to‘rt toifaga bo‘lingan yangi rejasini ishlab chiqish bo‘yicha “maxfiy maslahatlashuvlar” o‘tkazgan: tinchlik, Ukraina uchun kafolatlar, Yevropada xavfsizlik va tomonlarning AQSh bilan kelajakdagi munosabatlari.

 

Reuters agentligining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu hujjatni tasdiqlagan va Zelenskiyga rejani qabul qilishi kerakligi tushuntirilgan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvidan buyon mojaroni hal qilish bo‘yicha hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика