1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda 10 mahbus qamoqxonadan qochdi

Ular devorni yorib o'tib, qochib ketishgan.

AQSHda 10 mahbus qamoqxonadan qochdi

AQSHning Nyu-Orlean shahridagi qamoqxonada 10 nafar mahbus devorni yorib o‘tib, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Hodisa mahalliy huquq-tartibot idoralarini hushyorlikka chaqirdi.

 

Qochib ketgan mahbuslar qoldirgan yozuv esa jamoatchilikda hayrat uyg‘otdi. Ular devorga “Bu oson edi” deb yozib ketishgan. Bu qochish rejasining puxta tayyorlangani yoki xavfsizlik tizimining zaifligini ko‘rsatmoqda.

 

Politsiya hozirda qochgan jinoyatchilarni qidirmoqda. Qamoqxona xavfsizlik choralari qayta ko‘rib chiqilishi va tekshiruv o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика