1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

AQSHda 200 ga yaqin bank kasodga uchrashi mumkin

Shu haftada mamlakatning eng yirik moliya tashkiloti Silicon Valley Bank bankrot bo‘lgandi.

AQSHda 200 ga yaqin bank kasodga uchrashi mumkin

 

AQSHning Silicon Valley Bank (SVB) bankining bankrot bo‘lishi fonida yana 186 bank shu kabi xavfga duch kelgan. Bu haqda iqtisodchilar tahlillariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

 

Social Science Research Network portalida ekspertlar hisoboti eʼlon qilindi. Uning mualliflari Janubiy Karolina, Shimoli-g‘arbiy universitet, Kolumbiya va Stenford universiteti iqtisodchilari hisoblanadi.

 

Ularning qayd etishicha, Federal rezerv tizimi asosiy stavkani oshirgani bank aktivlari va moliyaviy barqarorlikka taʼsir ko‘rsatgan. Taʼkidlanashicha, AQSH bank tizimi aktivlarining bozor qiymati balans qiymatidan 2.2 trillion dollarga past. Bank aktivlari o‘rtacha 10 foizga kamaygan. 5 foiz banklarda esa bu ko‘rsatkich 20 foizdan ortiq.

 

SVB AQSHda oxirgi 15 yilda bankrotlikka uchragan eng yirik banki bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика