
Ushbu terakt uchun uch turdagi nishonlar –– harbiy, siyosiy va moliyaviy, shuningdek, Afg‘oniston tog‘larida Oq Uy, Pentagon va Jahon savdo markazi (moliyaviy obyekt sifatida) tanlangan.
Bu haqda “Newsweek” nashrida eʼlon qilingan xabarda terakt aybdorlaridan biri Xolid Shayx Muhammad ko‘rsatmalarida keltirilgan .
Xolidning so‘zlariga ko‘ra, “Al-Qoida” yetakchisi Usama Ben Laden Kapitoliy (AQSH Kongressi)ga hujum uyushtirilishini istagan. Chunki terrorchi aynan kongress Isroilni qattiq qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblagan.
Terrorchi, shuningdek, tergovda ikki minora birgalikda portlashi terakt rejasida bo‘lmaganini maʼlum qilgan. Bunga sabab qilib samolyotni o‘g‘irlab ketgan guruh rahbari Muhammad Atta va janubiy minorani portlatgan uchuvchi Marvon al-Shahiy bilan birga o‘lishni istaganini ko‘rsatgan. Xolid bu ikki jangari juda yaqin aloqada bo‘lganini taʼkidlagan.
Maʼlumot o‘rnida: 2001 yil 11-sentyabr kuni AQSHning Nyu-York va Vashington shaharlarida terakt sodir etilgan. Nyu-Yorkda “egizak minoralar” portlashi oqibatida uch mingdan ziyod inson halok bo‘lgan. Teraktga asosiy aybdor sifatida “Al-Qoida ” ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jozef Bayden 11 sentyabrga oid teraktlar haqidagi maxfiy hujjatlarni oshkor qilishga buyruq bergani haqida xabar berilgandi.


