1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda azot gazidan foydalanilgan qatl amalga oshirildi

Bu 15 yildan so‘ng qo'llanilgan ilk holat hisoblanadi.

AQShda azot gazidan foydalanilgan qatl amalga oshirildi

 

AQShning Luiziana shtatida so‘nggi 15 yil ichida ilk bor o‘lim jazosi azot gazidan foydalangan holda amalga oshirildi. Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, 1996-yilda ayolni o‘g‘irlash, zo‘rlash va o‘ldirishda aybdor deb topilgan Jessi Xofman ushbu usulda qatl etilgan.

 

Avvaliga sud qarori bilan qatl jarayoni to‘xtatilgan edi, biroq keyinchalik apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qilib, jazoni ijro etishga ruxsat berdi.

 

Mazkur usul inson tanasini kisloroddan mahrum qilish orqali o‘limga olib keladi. Azot gazini maxsus niqob orqali yuborish natijasida mahbus hushini yo‘qotadi va bo‘g‘ilishdan vafot etadi.

 

Xofmanning advokatlari qatl usulini o‘zgartirishga harakat qilib, “ko‘proq insoniyroq” variantni taklif qilgan edi, biroq ularning talabi rad etilgan. Shu tariqa, Luiziana shtati uzoq yillik tanaffusdan so‘ng azot gazidan foydalangan holda qatlni amalga oshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика