1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda dunyodagi eng katta qovoq yetishtirildi

Uning vazni 1 tonnadan ortiq.

AQSHda dunyodagi eng katta qovoq yetishtirildi

 

Minnesotalik o‘qituvchi AQSHda har yili o‘tkaziladigan oshqovoq musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

 

Musobaqa Kaliforniyada 50-marotaba o‘tkazilmoqda. Forkliftlar va maxsus kamarlar yordamida ulkan qovoqlar raqamli tarozilarga joylashtirildi.

 

G‘olib bo‘lgan sabzavotning vazni deyarli 1300 kilogrammni tashkil etdi. Shunday qilib, o‘qituvchi Trevis Ginger eng og‘ir qovoq yetishtirish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

 

Mukofot 30 ming dollarni tashkil etdi. Maʼlum qilinishicha, gigant sabzavot 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan qovoq festivalida taqdim etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика