1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda kichik samolyot yo‘lga qulab tushdi

Hozirda halokat oqibatlari aniqlanmoqda.

AQShda kichik samolyot yo‘lga qulab tushdi

 

AQShning Florida shtatida kichik motorli samolyot halokatga uchradi.

 

Qayd etilishicha, Cessna 310R rusumli yengil samolyot Boka-Raton shahrida avtomobil yo‘liga qulab tushgan. Hodisa shahar yaqinidagi yo‘l harakati ishtirokchilari uchun ham xavfli bo‘ldi, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lda bo‘lgan mashinalarga katta zarar yetmagan.

 

Samolyot Boka-Ratondan Florida shtatining shimolidagi Tallahassiga parvoz qilayotgan edi. Bortda 6 nafar odam bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozircha ular orasida tirik qolganlar yoki qurbonlar bor-yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

Mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmatlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borishgan. Hozirda halokat sabablari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика