AQSHdagi kiyiklarda “zombi” virusi aniqlandi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Infeksiyalangan hayvonlar tashqi taʼsirlarga javob bermaydigan, o‘lgunicha maqsadsiz kezadigan bo‘ladi. Virus o‘ta yuqumli, unga qarshi vaksina mavjud emas.
Ayni damda virusning tarqalish mexanizmlarini o‘rganayotgan mutaxassislar u turlararo to‘siqni yengib o‘tib, boshqa hayvonlarga, keyin esa odamlarga tarqalishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu ishonchli tarzda isbotlanmagan bo‘lsada, ovchilarga kasal kiyik go‘shtini isteʼmol qilmaslik tavsiya etilgan.


