1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda kuchli tornado yuz berdi

Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

AQSHda kuchli tornado yuz berdi

 

AQSHning Tennessi shtatida kuchli tornado va bo‘ronlar yuz berdi. Oqibatda kamida olti kishi halok bo‘lgan, 28 kishi jarohatlangan.

 

Bundan tashqari, ko‘plab uylar vayron bo‘ldi, 60 mingga yaqin mahalliy aholi elektr taʼminotidan uzildi. Tabiiy ofat asosan shtatning janubiy hududlariga zarar yetkazdi.

 

Shtat poytaxti Neshvillning shimoliy chekkasida uch kishi halok bo‘ldi.  Neshvilldan 50 mil shimoli-g‘arbda joylashgan Klarksvillda ham 3 kishi halok bo‘lgan,  o‘nlab odamlar yaralangan.

 

Klarksvill meri Jo Pitts favqulodda holat va komendantlik soati eʼlon qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика