Bu haqda CBS telekanali xabar berdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, ularning uch nafari uning farzandlari bo‘lgan.
"Uch bola o‘z otasi tomonidan otib tashlandi, qotil keyin o‘z joniga qasd qilgan. Shuningdek, beshinchi qurbon ham bor, ammo u shu oila aʼzosi bo‘lganligi hozircha nomaʼlum", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijdagi vokzalda otishma yuz bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.


