1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda olti oydan boshlab bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

Shu maqsadda qaysi vaksinalardan foydalanilishi ochiqlandi.

AQSHda olti oydan boshlab bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

 

AQSHda Pfizer va Moderna vaksinalar bilan bolalarning emlanishiga ruxsat berildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, ekspertlar ushbu vaksinalarning olti oylik bolalardan boshlab ko‘llanilishiga ruxsat bergan. Ushbu tartib shu haftaning o‘zidayoq kuchga kirishi mumkin.

 

Pfizer uch komponentli vaksinalari bilan 6 oydan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi. Moderna esa ikki bosqichli preparat taqdim etgan, u 6 oydan 5 yoshga bo‘lgan bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.

 

AQSHning o‘zi hozirda 1 million doza vaksinaga buyurtma bergan.

 

Shu kunga qadar Qo‘shma Shtatlarda faqatgina besh yoshdan oshgan bolalar koronavirusga qarshi emlanar edi.

 

Avvalroq AQSH Shimoliy Koreyaga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика