1960-yildan buyon davom etib kelayotgan an’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib Nyu-Hempshir shtatining Diksvill Notch qishlog‘ida yashovchilar ovoz berdi.
CNN xabariga ko‘ra, tunda uchastkaga olti nafar saylovchi kelib (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) ovoz berishgan va darhol natijalar ma’lum bo‘lgan. Kamala Harris va Donald Tramp uchtadan ovoz olgan.
Oxirgi bo‘lib Havayidagi uchastkalar ochiladi — sharqiy sohil vaqti bilan 12:00 da (Toshkent vaqti bilan 22:00). Shu bilan birga, AQSH fuqarolarining 82 milliondan ortig‘i muddatidan oldin ovoz berib bo‘lgan.


