1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda rekord miqdorda harbiy byudjet qabul qilinishi mumkin

Uning loyihasi Senat tomonidan tasdiqlandi. Byudjet NATO va Ukrainaga harbiy yordamni ko‘paytirishni nazarda tutmoqda.

AQSHda rekord miqdorda harbiy byudjet qabul qilinishi mumkin

 

AQSH Senati mamlakatning 2023 yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi. Uning miqdori 847.3 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Bu Amerika tarixidagi eng yirik harbiy byudjet bo‘lishi kutilmoqda. U NATO va Ukrainaga yordamni ham o‘z ichiga oladi.   Xususan, Kiyev uchun 800 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, byudjet loyihasida Rossiya bilan 5 yil muddatga harbiy hamkorlikni taqiqlash bo‘yicha tavsiya o‘rin olgan.

 

Bundan tashqari, Vashington Rossiyani G20 va boshqa xalqaro tuzilmalardan chiqarib yuborishga harakat qilishi ham taʼkidlangan.

 

Senat tasdig‘idan so‘ng, hujjat Jozef Baydenga imzo uchun jo‘natiladi. Eslatib o‘tamiz, AQSHning 2022-moliyaviy yili uchun harbiy byudjeti 778 milliard dollarni tashkil etgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика