1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda Tesla avtomobillariga hujumlar kuchaymoqda

FBI Tesla avtomobillariga hujumlarni "ichki terrorizm" deb atadi.

AQShda Tesla avtomobillariga hujumlar kuchaymoqda

 

AQShda Tesla avtomobillariga qarshi hujumlar tobora ko‘paymoqda. Mashinalar o‘qqa tutilmoqda, yoqib yuborilmoqda, shuningdek, avtosalonlar va quvvatlash stansiyalariga hujumlar sodir etilmoqda.

 

Bunga javoban FBI maxsus tergov guruhi tuzdi. Tashkilot direktori Kesh Patel ushbu hujumlarni "ichki terrorizm" deb atab, aybdorlar albatta topilib, javobgarlikka tortilishini aytdi.

 

Hujumlarning kuchayishi Ilon Maskning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yaqin hamkorlik qilayotgani va bu hamkorlik natijasida davlat idoralarida minglab odamlar ishdan bo‘shatilayotgani haqidagi xabarlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

FBI rasmiylari Tesla avtomobillariga qarshi tajovuzkorlarga nisbatan keskin chora ko‘rishga va’da berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика