1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHdagi cherkovda otishma bo‘ldi, qurbonlar bor

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

AQSHdagi cherkovda otishma bo‘ldi, qurbonlar bor

 

Voqea payshanba kuni kechqurun Alabama shtatidagi Jefferson va Shelbi okruglarida joylashgan Vestaviya tepaligidagi Avliyo Stiven yepiskop cherkovida yuz berdi

 

Yakka gumonlanuvchi cherkov yig‘ilishiga kirib, o‘t ochgan. Uch kishi o‘qdan jarohat olgan, ulardan ikki nafari vafot etgan, uchinchisi shifoxonada davolanmoqda.

 

Otishma sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan. Hozirda olib borilayotgan tergov doirasida jinoyatchining sabablari oshkor etilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Viskonsin shtatining Rasin shahridagi Greyslend qabristonida dafn marosimi chog‘ida qurollangan kishi motam yig‘uvchilarga qarata o‘q uzdi, ikki kishini yaraladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика