Kuchli yomg‘ir va muzliklarning erishi natijasida yuzaga kelgan rekord darajadagi suv toshqinlari yo‘llar va ko‘priklarni vayron qildi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlardagi Yelloustoun milliy bog‘ini yopilishiga ham sabab bo‘ldi.
Vayoming, Montana va Aydaxo shtatlarining g‘arbiy shtatlarini qamrab olgan butun bog‘ toshqin keltirgan kelgan zarar miqdori aniqlangunicha yopiq bo‘ladi. Bog‘dagi yo‘lining katta qismini Gardner daryosi bo‘ylab ko‘tarilgan oqim yuvib ketgan.
Bu 1988-yilda sodir bo‘lgan vayronkor o‘rmon yong‘inlaridan keyin birinchi marta bog‘ning barcha beshta kirish eshigi tashrif buyuruvchilar uchun yopilishidir.


