
Qutqaruvchilar odamlarni izlashda davom etmoqda.
Juma kunidan beri yog‘ayotgan yomg‘ir daryoda suv sathi keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ayrim tumanlarda sutkalik yog‘ingarchilik miqdori rekord darajaga yetdi.
Suv oqimi yo‘llarni yuvib, uy va avtomobillarni oqizib ketdi. Hududda aloqa va elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu so‘nggi 30 yildagi eng yirik tabbiy ofat sifatida baholanmoqda. Shtatda favqulodda holat rejimi joriy etildi. Mahalliy meteorologlar vaziyatni halokatli, deb baholamoqda.
Shahar meri Ueverli Baddi Freyzerning aytishicha, tabiiy ofat shahardagi suv tozalash stansiyalaridan birini vayron qilgan.
"Fred" tropik bo‘roni bir necha kun oldin qo‘shni Shimoliy Karolina shtatiga ham yopirilgan edi. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni izlashda davom etmoqda. Suv toshqinlari bu shtatda 5 kishi hayotiga zomin bo‘ldi.
Sharofat Mahmudova


