1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQShdan 40 dan ortiq o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

21-yanvar kuni AQShdan O‘zbekistonga charter reys amalga oshirildi

AQShdan 40 dan ortiq o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

 

AQShda qolish uchun qonuniy asoslari bo‘lmagan 40 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, deportatsiya jarayoni doirasida tashkil etilgan charter reys 21-yanvar kuni amalga oshirilgan. Ushbu reys orqali 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistonga qaytarildi.

 

Parvoz AQShning tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilib, fuqarolarning xavfsiz va o‘z vaqtida vatanga qaytishi ta’minlandi.

 

Tashqi ishlar vazirligi mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning muhim namunalardan biri ekanini ta’kidladi. Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda zarur hollarda vatanga qaytarish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика