Florida shtatidan uchgan samolyoti Gaitiga qo‘nayotganda hujumga uchradi. Bu haqida 11 noyabr kuni Miami Herald gazetasi xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Spirit Airlines aviakompaniyasining reysi Gaitidagi Port-o-Prensga qo‘nishga urinayotganda hujumga uchragan. Hujumdan so‘ng samolyot Dominikan Respublikasiga yo‘naltirilgan va u yerda eson-omon qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan.


