1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

AQSHning eng yirik banklaridan biri bankrot bo‘ldi

Bu 2008 yildan buyon kuzatilgan eng yirik bankrotlik holati ekani aytilmoqda.

AQSHning eng yirik banklaridan biri bankrot bo‘ldi

 

Kaliforniya tartibga soluvchisi AQSHning yirikligi bo‘yicha 16-banki Silicon Valley Bank (SVB)ni bankrot deb eʼlon qildi. Ushbu kredit tashkiloti startaplarga ixtisoslashgan. 2022 yil oxirida uning 89% depozitlari sug‘urta qilinmagan — bu 175 milliard dollarni tashkil etadi.

 

SVB bankrotligi 2008 yilgi inqirozdan buyon kuzatilgan eng yirik bankrotlik bo‘ldi.

 

Reuters maʼlumotlariga ko‘ra, sug‘urta qilinmagan depozitlar taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Ular orasida videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi Roblox Corp va tarmoq mediapleyerlari ishlab chiqaruvchi Roku Inc. kabi kompaniyalarning aktivlari ham bor. Roku sarmoyalarining katta qismi sug‘urta qilinmaganligi oshkor bo‘lgach, uning aksiyalari 10 foizga quladi.

 

SVB sarmoyalarni sug‘urtalash Federal komissiyasi boshqaruviga berilgan. Uning qolgan kapitali sarmoyadorlarga kompensatsiya sifatida to‘lab beriladi va kreditorlar oldidagi qarzdorlikni yopish uchun ishlatiladi. Oq uy vaziyatdan xabardor ekanini va moliya vaziri Janet Yellen vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика