Argentina sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 2023 yil boshidan buyon mamlakatda 41 257 ta denge isitmasi kasalligi aniqlangan.
Vazirlik hisobotiga ko‘ra, virus mamlakatning poytaxti va 14 viloyatiga tarqaldi. Hozirgacha 27 kishining o‘limi tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun: denge isitmasi — bu chivinlar keltirib chiqaradigan virusli infeksiya. Kasallik yuqori isitma, ko‘ngil aynishi, toshma, bosh og‘rig‘i va bel og‘rig‘i bilan kechadi. U Nil isitmasi ham deb ataladi.


