Argentinada qashshoqlik darajasi 2023-yilning birinchi yarmida 40 foizga ko‘tarildi.
Bu koronavirus pandemiyasidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Uysizlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Chunki ijara narxi oshgan. Odamlar ijaradagi uylaridan chiqib ketishga majbur bo'lmoqda. Har kuni yuzlab odamlar tekin oziq-ovqat uchun uzun navbatga turishadi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Argentinada yillik inflyatsiya darajasi 124 foizga yetgandi. Bu 1991-yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.


