1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Argentinaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

Vladimir Norov bugun yangi elchini qabul qildi

Argentinaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

 

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Argentinaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi.

 

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlangan uchrashuv avvalida V.Norov elchiga diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Tomonlarning konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga tayyorligi taʼkidlandi. O‘zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirish, vazirliklararo maslahatlashuvlarni o‘tkazish, shuningdek, xalqaro institutlar doirasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика