Antarktidada o‘simliklarning o‘sishi iqlim o‘zgarishi tufayli tezlashdi, bu mintaqaning zaif ekotizimiga jiddiy tahdid solayotganidan dalolat beradi. Bu haqda NewSciyentist xabar qilmoqda. [https://korrespondent.net/tech/science/4449487-antarktyda-pod-uhrozoi-rehyon-pokryvauit-rastenyia] > Qayd etilishicha, ilgari ham xuddi shunday hodisalar shimoliy yarimsharda kuzatilgan. Biroq Antarktidada ular birinchi marta > qayd etilgan. Insubria universiteti olimlari Antarktikaning ikkita nuqtasidan topilgan o‘simliklarning o‘sishini Signy orolining bir qator joylarida tahlil qildilar. Olingan natijalarni oldingi 50 yil davomida olib borilgan tadqiqotlar bilan taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, o‘simliklar yuqori harorat ufayli tez o‘sib, hududni yana-da zichroq qoplagan. Olimlar Signy orolidagi vaziyat Janubiy qutbning boshqa hududlarida ham rivojlanishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu qitʼaning o‘ziga xos muhitiga bevosita tahdid solayotganidan dalolat beradi.