1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Armaniston bilan tezroq muzokara boshlash kerak — Aliyev

Ozarbayjon prezidenti Armanistonni tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqirdi.

Armaniston bilan tezroq muzokara boshlash kerak — Aliyev

 

Ozarbayjon va Armaniston yaqin kelajakda tinchlik kelishuvi bo‘yicha aniq muzokaralarni boshlashi kerak, dedi Prezident Ilhom Aliyev.

 

“Biz Armaniston bilan faqat o‘zimiz taklif qilgan beshta asosiy tamoyil asosida tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatidamiz. Hozirda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari ishchi guruhlarni shakllantirish bilan shug‘ullanmoqda. Menimcha, bu borada aniq muzokaralarni boshlash kerak. Tinchilik shartnomasi faqat beshta asosiy tamoyil asosida imzolanadi. Bitim matni tez orada tayyorlanib, imzolanishi mumkin”,— degan Aliyev  Kongressda.


Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi mumkin.


Aliyev, shuningdek, Armaniston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini va unga qarshi hududiy da’volar yo‘qligini rasman tan olishi kerakligini ta’kidladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика