1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Armaniston va Ozarbayjon asirlarni almashdi

Bu haqda Ozarbayjon harbiy asirlar bo‘yicha davlat komissiyasi xabar berdi.

Armaniston va Ozarbayjon asirlarni almashdi

13 dekabr kuni  Ozarbayjon va Armaniston ikki davlat chegarasida  harbiy asirlarni almashishdi. 

 

Uzoq davom etgan mojarolardan so‘ng,  bir necha kun avval ikki taraf asirlarni  almashish va o‘zaro aloqalarni normallashtirishga kelishib olgan edi. 

 

Chorshanba kuni Ozarbayjon 2020 yil oxirlarida asirga olingan 32 nafar Armaniston fuqarolarini ozod qildi. Buning evaziga esa - kelishuvga asosan, Armaniston 2023 yil aprelidan beri ushlab turilgan ikki Ozarbayjon askarini topshirgan. Bu haqda Ozarbayjon harbiy asirlar bo‘yicha davlat komissiyasi xabar bermoqda.

 

 “Almashtirish Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Gazax qismida bo‘lib o‘tdi”,-deyiladi bayonotda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика