30-martdan boshlab Armanistondagi moliyaviy tashkilotlar Rossiyaning “Mir” bank kartalari bilan operatsiyalarni to‘xtatadi.
Faqat istisno tariqasida “VTB” bankning mamlakatdagi shoʻbasi "VTB Armaniston" tomonidangina “Mir” bank kartalaridan foydalanish davom ettiriladi.
Cheklovlar joriy yilning fevral oyida AQSH tomonidan Rossiyaning "Milliy to‘lov kartalari tizimi" (“Mir”) operatoriga nisbatan qabul qilingan sanksiyalar sababli kiritilmoqda.
Armanistondan tashqari Qozog‘iston, Belarus, Venesuela, Vetnam, Abxaziya va Janubiy Osetiyada ham “Mir” kartalaridan foydalanishga cheklovlar joriy qilingan.


