Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko‘ra jami 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qildi.
Jumladan, o‘rta asrlarga oid "Tepa 9" arxeologiya merosi obyektiga 269,6 mlrd so‘mlik, "Qalai Mullabektepa" yodgorligiga 19,7 mlrd so‘mlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd so‘mlik, "Xo‘ja Haqqitepa" yodgorligiga 832 mln so‘mlik va "Tepa 5" yodgorligiga 202 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


