1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani maʼlum bo‘ldi

Bu haqida Reuters o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani maʼlum bo‘ldi

Suriya Markaziy bankida hozirgi bozor qiymati taxminan 2,2 mlrd dollarga teng 26 tonna oltin saqlanmoqda.

 

Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, Suriya MB valyuta zaxiralari naqd pulda 200 mln dollarni tashkil etmoqda. Sobiq va amaldagi suriyalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, dollar zaxiralari deyarli tugab bitgan. Bank ombori portlashlardan himoyalangan, uni ochish uchun kodlar ketma-ketligi va uchta kalit kerak, ular har xil odamlarning qo‘lida, degan manbalardan biri. Damashq muxolifatchilar qo‘liga o‘tganidan bir necha kun o‘tib, Suriya yangi maʼmuriyatining vakillari bankni ko‘zdan kechirishgan.

 

Avvalroq Financial Times gazetasi ag‘darilgan prezident Bashar Asad hali hukumat tepasida bo‘lgan 2018-2019 yillarda Suriya MB Moskvaga millionlab dollar naqd pul ortilgan bir nechta samolyotni jo‘natgani haqida yozgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oxirlarida mahalliy muxolifatning qurolli guruhlari faollashishi oqibatida Suriyada siyosiy vaziyat tanglashgandi. Muxolifat 8 dekabrga o‘tar kechasi poytaxt Damashqni egallagach, Bashar Asad boshqaruv davri tugagani eʼlon qilingan.

 

Ayni paytda Bashar Asad va uning oilasi Moskvada panoh topgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика